Vetrinariya sohasida olib borilayotgan ishlar
2025-06-25 10:30:00 / Yangiliklar

Chorva mollari va uy hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklarni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar va davo choralari, 2025-yil 5 oy davomida chorva va uy hayvonlarida o‘tkazilgan veterinariya tadbirlari.
Tumanda mavjud barcha turdagi hayvonlarni va chorva mollarini yuqumli kasalliklardan muxofaza qilish va insonlarga xos kasalliklarni oldini olish, aholiga yuqori sifatli chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berishni ta’minlash maqsadida tumandagi 52760 bosh qoramollar (YShM), 47425 bosh qo‘y-echkilar(MShM) hamda 1209 bosh boshqa tur hayvonlarda veterinariya mutaxassislari yil davomida 18 turdagi epizootiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishni reja qilib olgan. Viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan yetkazib berilgan emlamalar, dezvositalar va diagnostikumlar bilan tumandagi qishloq xo‘jalik va uy xayvonlarida quyidagi veterinariya tadbirlari o‘tkazildi.
2025-yil 5 oyi davomida Brutsellyoz kasalligiga yirik shoxli mol (YShM)-8056 bosh, mayda shoxli mol (MShM)-3816 boshdan qon namunalari olinib, tuman tashxis markazi serologiya laboratoriyasida diagnostik tekshirildi. Tekshirilgan hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atuvchilari aniqlanmadi. Kaprologik tekshirishlardan, 2817 bosh YShM, 1814 bosh MShM, 2501 bosh itlardan olingan tezak namunalari tekshirildi. Tekshirilgan namunalarda parazit tuxumlari topilmadi.
Kuydirgi kasalligining oldini olish, tumanda epizootik vaziyatni barqaror ushlash maqsadida 18405 bosh YShM, 16324 bosh MShM, 567 bosh boshqa tur hayvonlar profilaktik emlandi.
Klinik tekshirishlardan itlarning leyshmaniyoz kasalligiga 6446 bosh itlar klinik ko‘rikdan o‘tkazilganda kasallik belgilari aniqlanmadi.
Qutirish kasalligi bo‘yicha:
Epizootik xavfni inobatga olgan xolda qutirish kasalligining oldini olish maqsadida kompleks tadbirlar amalga oshirildi. Profilaktik emlash vaqtida uyma-uy yurib itlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, mahalla fuqarolar yig‘inlari, mahalla faollari, maktablarda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbat va ma’ruzalar o‘tkazilib, aholi o‘rtasida keng miqyosda tushintirish ishlari olib borildi. Veterinariya mutaxassislari hamda tuman Obodanlashtirish boshqarmasi qoshidagi qorovsiz qolgan hayvonlarni tutish brigadasi xodimlari ishtirokida 363 ta daydi va egasiz itlar tutilib yo‘q qilindi. 5942 ta xonadonda itlarni saqlash qoidalari bo‘yicha tushintirish va suhbatlar olib borildi va 1262 dona qutirish kasalligi haqida varaqalar tarqatildi. 5413 bosh itlar qutirish kasalligiga profilaktik emlandi. 5 oy davomida 39 marotaba itlardan insonlarga tishlanishlar qayd etildi. Insonlarga jarohat yetkazgan hayvonlar veterinariya mutaxassislari tomonidan 10 kunlik nazoratga olinib, tegishli veterinariya xulosalari berildi.
Yirik shoxli mollar orasida uchraydigan qorason kasalligining oldini olish borasida 5158 bosh qoramollar ushbu kasallikka qarshi profilaktik emlandi.
Oqsil kasalligi bo‘yicha:
Kasallikning oldini olishda, yil boshidan 12000 doza emlama bilan yirik va mayda shoxli mollar emlab chiqildi. O‘tgan davr mobaynida 7986 bosh qoramol shundan 230 bosh naslli chorva fermer xo‘jaligiga hamda 7756 bosh aholiga tegishli qoramollar, 7202 bosh qo‘y-echkilar oksil kasalligiga profilaktik emlandi.
2025-yilning o‘tgan 5 oyi davomida insonlarda 4 ta xolatda Brutsellyoz kasalligi bilan kasallanish xolatlari aniqlandi. Kasallik aniqlangan xonadonlardagi be’morlarga tegishli bo‘lgan barcha yirik va mayda shoxli mollar, itlardan qon na’munalari olinib, tuman tashxis markazi serologiya laboratoriyasida tekshirildi hamda tegishli xulosalar berildi. Hayvonlar orasida brutsellyoz kasalligining oldini olish maqsadida 1925 bosh mayda shoxli mollar profilaktik emlandi.
Tugunli dermatit kasalligini oldini olish maqsadida 33737 bosh yirik shoxli mollar emlandi shundan, chorva fermer xo‘jaliklariga tegishli 190 bosh yirik shoxli mollar profilaktik emlab chiqildi.
Mayda shoxli mollarda uchraydigan bradzot kasalligini oldini olish maqsadida 1481 bosh qo‘y va echkilar ushbu kasallikka profilaktik emlandi.
Hayvonlardagi kanalardan insonlarga yuqadigan Qrim Kongo gemorragik isitmasi kasalligining oldini olish maqsadida 3101 bosh yirik shohli, 3789 bosh mayda shohli mollarni kanalarga qarshi cho‘miltirildi hamda 208 ta axoli va chorva fermer xo‘jaliklariga qarashli 21074 m2 hayvon saqlash joylari (qo‘ra va qo‘tonlar) dezinfeksiya va dezinseksiya qilindi.
O‘tgan davr davomida 98 bosh YShM, 77 bosh MShM, 13 bosh otlar turli xil shundan: xazm qilish kasalliklaridan 38 bosh YShM, 27 bosh MShM, nafas olish kasalliklaridan 29 bosh YShM, 25 bosh MShM, 6 bosh ot, mastitlardan 9 bosh YShM, 7 bosh MShM, ona-bola urchish a’zolar kasalliklaridan 14 bosh YShM, 11 bosh MShM, jarohatlardan 3 bosh YShM, 4 bosh MShM, 3 bosh ot, 5 bosh YShM, 3 bosh MShM, 4 bosh otlarning yuqumsiz kasalliklari tuman veterinariya mutaxassislari tomonidan davolandi.
Yuqoridagi profilaktik tadbirlar natijasida tumanda yuqumli va invazion kasalliklar tarqalish xolatlari aniqlanmadi.
Paxtakor tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i: I.Alimov





