Aliment to‘lovlarini undirish va qonun ustuvorligi taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar
2025-06-25 10:10:00 / Yangiliklar

Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va ta’sirchanligini oshirish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi.
Xususan, joriy yil boshidan Majburiy ijro byurosi Paxtakor tumani bo‘limi tomonidan 5 oy davomida jami 1 027 nafar aliment undirish bilan bo`gliq ijro hujjatlari mavjud bo`lib, shundan 516 nafar qarzdorlar ish haqiga qartilgan. Bundan tashqari 284 ta alimentto`lovchi qarzdorlarning o`zi va yaqin qarindosh tomonidan to`lolar amalga oshiriladi. Og‘ir (oilaviy sharoiti yoki moddiy ahvoli juda og‘ir, undiruv qaratiladigan mol-mulklari yo‘q) 74 ta qarzdorlarni tashkil qiladi. 5 oy davomda 140 ta ijro hujjatlari ish yurituvidan tamomlangan. Shundan 123 ta aliment oluvchilar o`z ixtiyoriga ko`ra ijro hujjatini qaytarib olgan va oila yarshtirilgan. 5 nafar qarzdorlarning undiruvchilariga 18 yoshga to`lgunga qadar bo`lgan aliment pullari to`liq undirib berilgan.
Shuningdek, Paxtakor tuman bo`limi tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan farzandi aliment ta’minotini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 41 nafar fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 474-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan. Shundan so`ng ham o`ziga hulosa chiqarmagan voyagan yetmagan farzandlarini moddiy ta`minlamagan aliment pullarini qasdan to`lamagan 2 nafar qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismiga asosan jinoiy javobgarlikga tortish choralari ko`rilgan. 1,7 mlrd. so‘m aliment qarzdorliklari undirilgan bo‘lsa, davlat ijrochilarining tashabbusi bilan 83 nafar fuqarolar ish bilan band bo‘lmagan aliment to‘lovchilari doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, 94 ta oilalar yarashtirilishga erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga ko‘ra, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96, 100-moddalarida, ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartligi belgilangan. “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya talablari asosida ishlab chiqilgan huquqiy bazada voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalarning moddiy ta’minot olish huquqi aniq belgilab qo‘yilgan. Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalarning moddiy ta’minot olish huquqini ta’minlash va bu borada O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi normalarining to‘g‘ri va aniq tatbiq etilishi bo‘yicha bir xil sud amaliyotni shakllantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Sudlarning e’tibori bolalarning sog‘lom va barkamol avlod sifatida voyaga yetishida ota-onalar mas’ulligiga va ular o‘zlarining voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalarini ijtimoiy ta’minlashga majbur ekanligiga, ushbu majburiyatni ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan aliment faqat sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i chiqarish orqali undirilishiga;
Aliment to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilish bolalar manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biri hisoblanishini nazarda tutgan holda, qonunlarga qat’iy rioya etish zarurligiga qaratilsin. Sudlarga tushuntirilsinki, Oila kodeksining 99-moddasiga muvofiq voyaga yetmagan bolalarga aliment undirishda aliment miqdorini ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining muayyan (1/4, 1/3, 1/2) qismi miqdorida belgilanadi.
Aliment undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i berishda, agar qarzdor shu vaqtda ishlamasa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, davlat boji qonun hujjatlarida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetganga qadar beriladigan ta’minotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.
