Yoshlarga ajratilgan yerlar samara bermoqda
2025-06-12 15:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida dala chetlari va yoshlarga ajratilgan xo’jalik yerlardan samarali foydalanish yuzasidan Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
O‘zbekiston fermerlari Kengashi xodimi Islomova Xursanoy Nizomovna, Jizzax viloyati fermerlari Kengashi raisi o‘rinbosari Noraliyev Dilmurod va tuman fermerlar kengashi xodimlari bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-apreldagi PQ-153-sonli qarori ijrosi yuzasidan Paxtakor tumanida o‘rganish olib borildi.
Tumanda ishsiz yoshlarnini bandligini ta’minlash maqsadida 2024-yilda yoshlarga 500 gektar yer maydoni ajratib berilgan.
2025 yil hosili uchun ushbu yer maydonlariga 85,0 gektar g‘alla, 29,0 gektar paxta, 138,0 gektar makka, 22,5 gektar arpa, 3,0 gektar sabzavot, 10,5 gektar piyoz, 169,0 gektar poliz, 8,0 gektar kungaboqar, 5 gektar no’xat, 10,0 gektar maydonga ozuqabop beda ekinlari ekilgan.
Ishchi guruhi tomonidan Paxtakor FXHU o‘rganilganida hududda jami 58,0 gektar yer maydoni 1,0 gektardan jami 58 nafar yoshlarga ajratib berilib, yoshlar tomonidan poliz, pomidor, sabzavot va boshqa ekinlar ekib yetishtirib kelayotganligi aniqlanib ularga tegishli maslahat va tavsiyalar berildi.







