Tomorqa o'z natijasini bermoqda
2025-06-11 17:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani Suvonobod mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi xonadonlarda tomorqani rivojlantirib, mehnat qilib daromad topayotgan oilalar soni ko'paymoqda.
Bobojonova Gulsaodat va turmush o'rtog'i halol mehnati orqali farzandlarini ulg'aytirgan oilalardan biri.
Mahalla hokim yordamchisining homiyligi bilan issiqxona tashkil etilgan bo'lsa, kredit asosida motokultivator berilib, ham o'zining, ham qo'ni-qo'shnining yerini haydab daromad topsa, ikkinchi tarafdan tomorqasiga bodring ekib har kuni 100 kgdan hosil olib mahalliy bozorga sotish ishlarini ham boshlab yuborgan.
