Davlat xavfsizlik xizmati kubogi Paxtakor tuman bosqichi g'oliblari taqdirlandi!
2025-05-29 09:00:00 / Yangiliklar

🏆Davlat xavfsizlik xizmati kubogi Paxtakor tuman bosqichi g'oliblari taqdirlandi!
Joriy yilning aprel-may oylarida bo'lib o'tgan Davlat xavfsizlik xizmati kubogi Paxtakor tuman bosqichi g'olib va sovrindorlari taqdirlandi.
Musobaqalar yakuniy natijalariga ko'ra futbol musobaqasida
🥇-o'rinni Paxtakor mahallasi yoshlari
🥈-o'rinni Bog'ishamol mahallasi yoshlari
🥉-o'rinni Buyuk ipak yo'li mahallasi yoshlari egalladilar.
Mini futbol musobaqalari yakuniy natijalariga ko'ra,
🥇-o'rinni Dilorom mahallasi yoshlari
🥈-o'rinni Olmazor mahallasi yoshlari
🥉-o'rinni Do'stlik mahallasi yoshlari egallashdi.
Qizlar o'rtasidagi mini futbol musobaqasining yakuniy natijasiga ko'ra,
🥇- o'rin Samarqand mahallasi
🥈-o'rin Nurli Pangat mahallasi jamoasi
🥉-o'rinni Paxtakor mahallasi qizlar jamoasi qo'lga kiritdi.
G'oliblar medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.









