Paxtakor tumanida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot
2025-05-26 16:15:00 / Yangiliklar

Ayollar sodir etadigan jinoyatlarning oldini olish jinoyatchilik tizimiga kiruvchi boshqa jinoyatlardan ajratilgan holda amalga oshirilishi aslo mumkin emas. Ayollar jinoyatchiligining oldini olishda zarur bo‘lgan shart-sharoit jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bilan yonma-yon amalga oshirilmog‘i lozim.
Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishlardagi davlat siyosati mazmun hamda mohiyatiga ko‘ra tubdan o‘zgardi. Davlat siyosatida bosh omil inson huquqi va erkinlarini to‘liq taʼminlashga qaratildi. Shu bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan sud-huquq tizimidagi islohotlar va ayniqsa, jinoiy jazolarni erkinlashtirish, davlatning jinoiy-huquqiy yo‘nalishdagi siyosatining mohiyati ham avvalo shaxs erkinliklarini taʼminlashga qaratilganligi bilan eʼtiborga molikdir. Aynan shu siyosat tufayli ayrim toifadagi jinoyatchilar, shu jumladan,
Xotin-qizlarga ham jazo tayinlashda butunlay insonparvarlik ruhidagi taʼsir choralarini belgilash joriy qilindi. Ayollarni ijtimoiy jihatdan rolini oshirishga qaratilgan bir qancha ishlarga qaramasdan, haligacha ayollar tomonidan ayrim jinoyatlar sodir bulmokda.Jumladan joriy yilning I-choragida Samarqand mahallasida xotir-qizlar tomonidan bitta qo'shmachilik qilish oqibatida jinoyat sodir etgan. Ming afsuslar bo'lsinki, jinoyatga qo'l urishining asosiy sababi yengil pul topishdan iborat. Bu kabi holatlar o'tgan 2024 yilda ham sodir bo'lgan, olib borilgan tahlillarga ko'ra ishsizlik, noilojlik emas aynan yengil daromad topish ilinjida halol mehnat qilishni istamagan ayollar tomonidan sodir etilmoqda.
Profilaktik nazoratdagi bandligi taʼminlanmagan xotin-qizlarga tuman Bandlik bulimi tomonidan muntazam bo'sh ish o'rinlari taklif etilishi bilan barobar, mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan imtiyozli kreditlar taklif etilmoqda. Biror kasbni egallashni istagan xotin-qizlar xohishlariga ko'ra o'qitish imkoniyatlari yaratilgan.
Bir so'z bilan aytganda, ayol har qanday holatda ham ayol va u davlat rahbarining himoyasidadir.
