Paxtakor tumanida "Besh tashabbus" o‘yinlarini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqat
2025-05-26 16:00:00 / Yangiliklar

Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishida tizimli ishlar tashkil etilgan. Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025 yilgi mavsumida 25 ta tanlov va musobaqalar mavjud. Tanlov va musobaqalarda ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz platformasi orqali 25 399 nafar 10-30 yosh toifasidagi yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan. Bu tumanga berilgan rejaning 118 foizini tashkil qiladi. (Reja 21 370 nafar). Shu kungacha tanlov va musobaqalarning jami 21 tasi o‘tkazilgan bo‘lib shulardan 12 tasining tuman bosqichi yakunlandi. Nurli Pangat mahallasida yashovchi 22-26 yosh toifasidan Bolqiboyeva Farangiz Rahmatulla qizi shashka sport musobaqasining hududiy bosqichida faxirli 3-o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Mohir fortepiano tanlovida Paxtakor MFY dan Shodiyev Zafar viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi, Gandbol sport musobaqasidan Paxtakor MFY qizlar jamoasi viloyat bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Davlat xavfsizlik xizmati kubogi doirasida katta, mini, qizlar o‘rtasida mini futbol turlari bo‘yicha 430 nafar yoshlarning talabnomalari shakllantirilgan bo‘lib, hozirda viloyat bosqichi boshlanish arafasida.








