"Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar yuzasidan BRIFING
2025-04-18 12:00:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2025 yil 19 martda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlantirishni yangi bosqichiga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Endilikda kichik va o‘rta biznesga qo‘shimcha talab va majburiyat yuklaydigan normativ hujjatlar qabul qilishga ham uch yillik moratoriy e’lon qilindi.
Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo‘yganlar uchun ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlar javobgarlikdan ozod qilinib, kamchilikni bartaraf etish uchun imkoniyatlar berildi.
Paxtakor tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan 2025 yil 1-chorak davomida bir muncha ishlar qilingan.
Jumladan Paxtakor tumani xududida 15 MFY mavjud bo‘lib ushbu xududlarga 10 nafar soliq xodimlari biriktirilgan.
Ushbu xodimlar tomonidan uziga biriktirilgan xududlarda xisoblangan soliq yig‘imlarni yishish bilan birga yangi ochilgan YUSH va YATT larning soliq bo‘yicha mamurchiligi va majburiyatlarini tushuntirish ishlarini xam olib bormoqda.
Bu o‘z navbatida yangi ochilgan tadbirkorlik subektlarni xar xil jarimalarga to‘lashni oldini olishdan balki tadbirkorlarni rivojlanishga xizmat kiladi.
2025 yil 1 chorak xolatiga 505 ta YUSH 1297 ta YATT faoliyat yuritayotgan kelmoqda.
2025 yil 1 chorak davomida 32 ta YUSH 25 ta YATT yangi ochilgan.
Ushbu yangi ochilgan tadbirkorlik subektlariga soliq xodimlari O‘z Res SQ ning 2021 y 1 fevraldagi 50-sonli buyrugiga asosan yangi ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik soliq to‘lovchilarning ko‘rsatilgan yuridik manzillariga borga xolda ularning raxbar va xisobchilariga uchrashib “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida soliq mamurchiligi yani soliq xisobot muddatlari to‘lov muddatlari va tadbirkorlik subektlarining majburiyatlarini tushuntirish ishlari olib borilgan.
2025 yil 1 chorak davomida “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tumandagi 228 ta tadbirkorlik subektlarning muammosi o‘rganildi va ularning 202 nafari soliq mamurchiligi yuzasidan bevosita soliq xodimlari ko‘mak ko‘rsatilgan.
Kelgusida xam Paxtakor tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida ishlar olib boriladi.
Paxtakor tuman soliq inspeksiyasi birinchi o‘rinbosari Xujamurodov Akrom Murodkobilovich
