Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-07-10 10:00:00 / Yangiliklar

❗️Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi. Jumladan, Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasining 2026-yil II chorakdagi faoliyati, tizimda korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, islohotlarning ommaviy axborot vositalari hamda internet tarmoqlarida yoritilishi holati muhokama qilindi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 2022-yil 6-dekabrdagi VI-44-258-3-52-K/22-son qaroriga o‘zgartirish kiritish masalasi hamda tumanda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, ularni Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.





