Paxtakor tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan bayram konserti tashkil etildi
2026-07-01 08:00:00 / Yangiliklar

🌟 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Paxtakor tumanida yangi foydalanishga topshirilgan PLYAJ hududida ko‘tarinki ruhdagi bayram konsert dasturi tashkil etildi.
Bayram tadbirida tuman yoshlari, nuroniylar, mahalla faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Konsert davomida iste’dodli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy raqslar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tadbirda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning jamiyat hayotidagi faolligi va yurt taraqqiyotidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.
Bayram kechasi ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashib, yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, ertangi kunga ishonch va yuksak kayfiyatni yanada mustahkamladi.









