Paxtakor tumanida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor profilaktik tadbiri oldidan yo‘riqnoma yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-06-30 16:30:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri, general-leytenant A.A. Tashpulatov tomonidan imzolangan 200-sonli farmoyishga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar respublika hududida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.
📍 Mazkur farmoyish ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Paxtakor tumanida tadbir oldidan yo‘riqnoma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi Xusan Abduvoxidov, tuman prokurori Xayrullo Gaziyev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Yoqubjon Akaboyev, mahalla yettiligi a’zolari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
⚖️ Yig‘ilish davomida hududlarda jamoat tartibini ishonchli ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlash, profilaktik tadbirlarni tizimli va samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.









