Paxtakor tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-06-29 15:15:00 / Yangiliklar

📢 Paxtakor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–100-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Tadbirda soliq organlari mutaxassislari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etib, Farmonda belgilangan yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
💼 Uchrashuv davomida:
🔹 yangi soliq imtiyozlari va yengilliklar;
🔹 tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
🔹 soliq tizimidagi raqamli xizmatlar va yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
💬 Shuningdek, tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha amaliy yechimlar hamda huquqiy tavsiyalar taqdim etildi.
✅ Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning huquqiy xabardorligini oshirish, biznes yuritish uchun yanada qulay sharoit yaratish va davlat bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.




