“Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!”
2026-06-18 12:30:00 / Yangiliklar

🇺🇿 “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!”
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi harbiy qismda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda Paxtakor tumani yoshlari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir davomida muddatli harbiy xizmatchilar bilan “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham batafsil muloqot olib borildi.
Shuningdek, Paxtakor tumani Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbirda Jizzax viloyati prokurori, viloyat IIB boshlig‘i, Paxtakor tumani hokimi hamda harbiy qism qo‘mondonligi vakillari ishtirok etdilar.
📣🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👉🌐 Web-sayt 🕊Telegram|📱facebook | 📺YouTube |📱instagram









