Paxtakor tumanida muhim masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-06-15 10:00:00 / Yangiliklar

🔰 Paxtakor tumani hokimi X.Abduvoxidov, tuman prokurori X.Gaziyev hamda tuman IIB boshlig‘i Y.Akaboyev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-yanvardagi tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hududidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, qarorlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Shuningdek, mutasaddilarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ijro intizomini mustahkamlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
✅ Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.




