🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yillik shukuhi – aholi ko‘nglida
2026-06-15 08:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan aholi farovonligini oshirish, dasturxonlar to‘kinligini ta’minlash va narx-navoni barqaror saqlash maqsadida qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
🔰 Shu maqsadda Paxtakor tumani ECOBOZOR hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.
🥩 Yarmarkada mol go‘shti 85 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda, shuningdek, o‘simlik yog‘i, tuxum, shakar hamda 20 dan ortiq turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aholiga arzonlashtirilgan narxlarda taklif etildi.
🛒 Mazkur yarmarka fuqarolarning sifatli va hamyonbop mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, oilaviy xarajatlarni kamaytirish hamda bayram arafasida aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qilmoqda.
📌 Endilikda bunday savdo yarmarkalari haftaning har yakshanba kuni muntazam ravishda tashkil etiladi.
✨ Mustaqillik shukuhi har bir xonadonda, xalqimiz farovonligida va dasturxonlarimiz to‘kinligida o‘z ifodasini topmoqda.









