Paxtakor tumanida takroriy ekinlar ekish ishlari boshlandi
2026-06-05 11:00:00 / Yangiliklar

🌱 Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan Paxtakor tumanida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida zamonaviy qo‘sh qator usulida takroriy ekinlar ekish ishlari boshlandi.
🚜 Mazkur agrotexnologiya yer maydonlaridan unumli foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌿 Hozirda hududlarda takroriy ekinlarni o‘z vaqtida va sifatli ekish bo‘yicha amaliy ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mutaxassislar tomonidan fermer va dehqonlarga zarur tavsiya hamda ko‘maklar berilmoqda.
✅ Takroriy ekinlarni yetishtirish orqali oziq-ovqat mahsulotlari hajmini ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi samaradorligini yanada oshirish ko‘zda tutilgan









