Paxtakorlik fermer ko‘p tarmoqli xo‘jalikni rivojlantirmoqda
2026-06-04 15:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida faoliyat yuritayotgan “Sayitqosim ota” fermer xo‘jaligi rahbari Rustam Ro‘ziqulov 171 gektar qishloq xo‘jaligi maydonida paxtachilik va g‘allachilik bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Mehnatsevar fermer so‘nggi yillarda chorvachilikka ham alohida e’tibor qaratib, xo‘jalikni ko‘p tarmoqli faoliyat yurituvchi zamonaviy xo‘jalikka aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunda xo‘jalikda simmental va golshteyn zotli qoramollar soni 200 boshdan oshgan.
Ayni paytda 50 boshdan ortiq sog‘in sigirlar zamonaviy texnologiyalar asosida maxsus sog‘ish uskunalari yordamida sog‘ib olinmoqda. Bu esa mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Chorva mollarini sifatli va to‘yimli ozuqa bilan ta’minlash maqsadida yem-xashak mahsulotlari xo‘jalikning o‘zida yetishtiriladi. Xususan, silosbop makkajo‘xori zamonaviy agrotexnologiyalar asosida parvarishlanib, chorvachilik tarmog‘ining asosiy ozuqa manbalaridan biri sifatida foydalanilmoqda.
Fermer xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilik yo‘nalishlarini uyg‘un rivojlantirish orqali barqaror ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu tajriba qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









