Paxtakor tumanida dala aprobatsiya tadbirlari o‘tkazilmoqda
2026-06-03 10:00:00 / Yangiliklar

🌾 Paxtakor tumanida 2026-yil hosilidan urug‘lik don olish uchun ekilgan g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya tadbirlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayonlarda ishchi guruh a’zolari ishtirok etib, urug‘lik uchun mo‘ljallangan g‘alla maydonlarining nav tozaligi, holati va agrotexnik talablarga muvofiqligi o‘rganilmoqda.
✅ Ushbu tadbirlar tumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, hosildorlikni oshirish hamda qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌱 Sifatli urug‘lik — mo‘l hosil garovi!


