“Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” doirasidagi futbol va mini futbol musobaqalarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-06-02 20:30:00 / Yangiliklar

⚽️ Paxtakor tumanida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” doirasida tashkil etilgan futbol va mini futbol musobaqalarining tantanali taqdirlash marosimi yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.
Tadbirda Paxtakor tumani hokimi Xusan Abduvohidov hamda Davlat xavfsizlik xizmati Paxtakor tumani bo‘limi boshlig‘i Jamshid Yodgorov so‘zga chiqib, yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
🏆 “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumida tuman yoshlarining yutuqlari ham e’tirof etildi. Respublika bosqichida:
🥇 Oqbuloq MFY — stritbol bo‘yicha oltin medal,
🥈 Samarqand MFY — stritbol bo‘yicha kumush medal,
🥉 Paxtakor MFY — yengil atletika bo‘yicha bronza medalni qo‘lga kiritib, tumanimiz sharafini munosib himoya qildi.
Joriy yilda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 23 280 nafar yosh 5tashabbus.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning 19 375 nafari yoki 83 foizi sport tadbirlariga qamrab olindi.
⚽ Musobaqalarning sektor va tuman bosqichlarida jami 36 ta jamoa ishtirok etib, 460 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.
🤝 Musobaqalarni adolatli va shaffof tashkil etishdagi xizmatlari uchun hakamlar:
🔹 Farrux Tursunov
🔹 Temur Yusupov
🔹 Murod Mavlonov
tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🏅 G‘oliblar bilan tanishing
👧 Qizlar o‘rtasida mini futbol
🥉 Chamanzor MFY
🥈 Bog‘ishamol MFY
🥇 Samarqand MFY
👦 O‘smirlar o‘rtasida mini futbol
🥉 Paxtakor MFY
🥈 Toshkent MFY
🥇 Dilorom MFY
⚽ O‘smirlar o‘rtasida futbol
🥉 Bog‘ishamol MFY
🥈 Oqbuloq MFY
🥇 Paxtakor MFY
🎉 Taqdirlash marosimi yakunida san’atkorlar ishtirokidagi gala-konsert dasturi namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashildi.









