KREDIT SHARTNOMALARINI BEKOR QILINISHI OQIBATLARI VA USHBU NIZOLARNING SUDDA KO‘RISHNING HUQUQIY ASOSLARI
2026-03-14 10:00:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, hozirgi kunda kredit shartnomasini bekor qilish bilan bog‘liq nizolar fuqarolik sudlarida juda ko‘p uchrayotganligi fuqarolarga ushbu toifadagi ishlar yuzasidan huquqiy tushuncha berishimizga zarurat yuzaga keltirmoqda.
Shu munosabat bilan kredit shartnomari o‘zi nima ular sud tartibida bekor qilish asoslari qanaqa hamda shartnoma bekor qilinishi (fuqarolarga) taraflarga qanday huquqiy oqibatlar keltirib chiqarishiga to‘xtalib o‘tsak.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga ko‘ra, kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
Ya’ni bu bizning bankga mijoz sifatida borib kredit olish vaqtimizda shartnomada olgan majburiyatlarimiz asosida yuzaga keladigan holat hisoblanadi.
Bunga misol uchun, kredit bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish kunlari hamda shartnomani qachongacha amal qilishi, bankning kredit mablag‘ini ajratishi va hokozolar kirishi mumkin.
Biroq, ko‘pchilik hollarda bilamizki mijoz kredit oluvchi taraf kredit qarzini o‘z vaqtida qaytarmasdan shartnoma shartlarini buzishligi bugungi kunda ko‘p uchramoqda.
Natijada bu holat, banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzishi holati bilan shartnomani sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilish bo‘yicha ko‘plab da’vo arizalar kiritilishiga olib kelmoqda.
Vaholanki, shartnoma shartlashuvchi tomonlarning o‘z huquq va majburiyatlarini aniqlashturuvchi ustuvor hujjat hisoblanadi va uni bajarmaslik ikkinchi tarafga yetkazilgan zararni qoplash hamda bunga (boy berilgan foydani undirish bilan bog‘liq holatlar foizlarni undirish ham qirishi mumkin) bilan bog‘liq oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, kredit shartnomalari bo‘yicha fuqarolar tomonidan o‘zlari olgan majburiyatlarga e’tiborli bo‘lishlari shartnomalarni sud tartibida bekor qilinish holatlarini oldini olishga xizmat qiladi deyish mumkin.
Shu bois, har birimizning o‘z huquq va majburiyatlarimizga tartib intizom asosida yondashishimiz, yuz berishi mumkin bo‘lgan har xil tushunmoqchiliklarni oldini olishga xizmat qiladi.
Jizzax viloyat sudi raisi o‘rinbosari N. Rasulov
Jizzax viloyat sudi sudyasi E. Tojiboyev
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudi raisi T. Hakimov
