YOSHLAR VA RAHBAR UCHRASHUVI BO'LIB O‘TDI
2026-03-13 12:00:00 / Yangiliklar

✍️ Paxtakor tumani IIB boshlig‘i polkovnik Y.N.Akaboyev ishtirokida Paxtakor tumanidagi IIB bonosida 2-sonli palitexnikumi o‘quvchilari uchun “Yoshlar va rahbar” uchrashuv tashkil etildi.
📍Mazkur uchrashuv Prezidentimiz tashabbusi bilan 24-fevraldan boshlab haftaning har payshanbasi “Yoshlar kuni” sifatida belgilash hamda rahbarlar va yoshlar o‘rtasida muntazam ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.
🔰 O'quvchilari bilan tashkil etilgan suhbat davomida IIB tizimdagi yangiliklar hamda qurol aslahalar hizmat mashinalari va kinolgiya maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan mahsus kuchlar hizmatidan foydalanishlari koʻrsatib oʻtildi. shu bilan birga, voyaga etmaganlar o'rtasida kuzatiladigan jinoyatlarning javobgarligi masalasi, narkojinoyatlarning huquqiy oqibati, odam savdosi, kiberjinoyatlarning qurboniga aylanib qolmaslik haqida tushunchalar berildi.
♻️ Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar, muammo va takliflarini bildirdi.








