Paxtakor tumanida seminar-uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-03-12 09:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida o‘simliklar karantini va himoyasi sohasiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminar-uchrashuv tashkil etildi.
Seminarda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligidan tashrif buyurgan mutaxassislar, viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, fitosanitar nazorat davlat inspektorlari, shuningdek tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, tadbirkorlar hamda eksportyorlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi organik mahsulotlar yetishtirish, qayta ishlash va qadoqlash jarayonlari, shuningdek organik sertifikatlarni olish tartibi, organik va noorganik mahsulotlarning o‘zaro farqi hamda jahon bozorida organik mahsulotlarga bo‘lgan yuqori talab haqida mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, seminar davomida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan beriladigan ichki fitosanitar sertifikatlarni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan davlat inspektorlariga tegishli tushuntirishlar berilib, zarur topshiriqlar belgilab olindi.









