Mahallani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ustuvor islohotlarning asosiy yo‘nalishlari
2026-03-11 09:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «MAHALLANI RIVOJLANTIRISH VA JAMIYATNI YUKSALTIRISH» YILIDA USTUVOR YO‘NALISHLAR BO‘YICHA ISLOHOTLAR DASTURLARI VA «O‘ZBEKISTON — 2030» STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDAGI 2026 YIL 16-FEVRALDAGI PF-22-SONLI FARMONI BILAN «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston xalqi va Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan islohotlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor islohotlarni belgilash va ularning ijrosini tashkil etish chora-tadbirlari belgilanib, unga ko‘ra mahallani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ustuvor islohotlarning asosiy yo‘nalishlari:
(a) mahallalarda 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish orqali qo‘shimcha 100 mingta yangi ish o‘rnini yaratish;
(b) kambag‘allik va ishsizlikdan xoli mahallalar sonini 3,5 mingtaga yetkazish;
(v) mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirib, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish;
(g) mahallalardagi muammolarni bir vaqtning o‘zida tezkor hal etishda barcha davlat organlariga mas’uliyatni yuklab, ijroni 24/7 rejimda onlayn nazorat qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
2. Mahallalar infratuzilmasini takomillashtirish va ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish bo‘yicha ustuvor islohotlar dasturi tasdiqlandi.
Iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib:
(a) soha va tarmoqlarni texnologik o‘sish modeliga o‘tkazish orqali yalpi ichki mahsulot hajmini 2030 yilgacha 240 milliard AQSH dollaridan oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib, joriy yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard AQSH dollariga yetkazish;
(b) iqtisodiy o‘sishni 6,6 foizga yetkazish, inflyatsiya darajasini 6 — 6,5 foizga tushirish, budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz darajasida saqlash;
(v) 1 million nafar fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash va 263 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish orqali kambag‘allik darajasini 2,8 foizgacha hamda ishsizlik darajasini 4,5 foizgacha tushirish;
(g) iqtisodiyotga 50,4 milliard AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
(d) xizmatlar bozori hajmini 100 milliard AQSH dollaridan oshirish choralarini ko‘rish;
(j) qurilish ishlari hajmini 11 foizga ko‘paytirib, 30 milliard AQSH dollariga yetkazish va 4 milliard AQSH dollarilik 3,5 mingdan ziyod yangi xizmat ko‘rsatish obyektlari ishga tushirilishini ta’minlash belgilandi.
Bundan tashqari kasblarni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib:
(a) 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab 7 ta hududda ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarida «Kasblar shaharchalari»ni tashkil etib, ular orqali maktab o‘quvchilarini zamonaviy kasblarga yo‘naltirish;
(b) 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
(v) hududlarda 24 ta malakani baholash markazlarini tashkil etib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikat berishni joriy etish;
(g) Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar sonini 100 taga yetkazish.
Ekologik muvozanatni ta’minlash va suvdan oqilona foydalanishni tashkil etish bo‘yicha ustuvor islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib:
(a) ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish hisobiga 7 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish va atmosferaga 11 million tonna zararli moddalar chiqishining oldini olish;
(b) 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab dual ta’lim tizimi asosida har bir hududda 14 ta «yashil» texnikum tashkil etish;
(v) ekspluatatsiya muddati o‘tgan avtomobillar utilizatsiyasini tashkil etish va uning komponentlarini qayta ishlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
(g) elektromobil sotib olishni rag‘batlantirish uchun aholiga 16 foizgacha stavkada bo‘lgan kreditlar ajratish tartibini joriy etish;
(d) ochiq drenaj, kollektor va kanallarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha amaliy tadbirlarni tashkil etish;
(j) 504 ming gektar maydonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish orqali 5 milliard metr kub suv iqtisod qilinishini ta’minlash;
(z) 1,3 ming kilometr kanallar, sug‘orish tarmoqlari va boshqa irrigatsiya obyektlarini betonlashtirish orqali yiliga qo‘shimcha 500 million metr kub suv iqtisod qilinishini ta’minlash.
Ekologik muvozanatni ta’minlash va suvdan oqilona foydalanishni tashkil etish bo‘yicha ustuvor islohotlar dasturi ijrosini ta’minlash;
Davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib:
(a) Oliy Majlis palatalarining tashqi qarzni boshqarish sohasidagi vakolatlarini kengaytirish;
(b) deputatlarning ekologik muammolar oqibatlarini yumshatish doirasida aholi uchun mahallalarda yashil bog‘lar, yashil jamoat parklarini tashkil etishdagi vakolatlarini kengaytirish;
(v) jamiyatni yuksaltirishda va mavjud dolzarb muammolarni hal etishda davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining birlashgan holda hamnafas bo‘lib faoliyat yuritishini ta’minlash;
(g) o‘ta og‘ir jinoyatlarga doir ishlarni sudda jamoatchilik vakillaridan iborat xalq vakillari hay’ati ishtirokida ko‘rib chiqish amaliyotini joriy etish;
(d) jinoyat protsessida majburlov choralari qo‘llanishi ustidan sud nazoratini kuchaytirib, tergov sudyalari vakolatlarini kengaytirish;
(j) korrupsiya, giyohvandlik, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik kabi jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yish.
Davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini takomillashtirish, jamiyatda birdamlikni ta’minlash orqali uni yuksaltirish bo‘yicha ustuvor islohotlar dasturi tasdiqlandi.
Davlatimizda olib borilayotgan islohotlar davlatimiz ravnaqi yo‘lida keng qo‘llamda ishlar olib borilmoqda.
Sud raisi T.Xakimov
