Paxtakor tumanida fermerlar uchun seminar tashkil etildi.
2026-03-10 12:30:00 / Yangiliklar

Tuman hokimining qishloq va suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Kubayev O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i A.Tursunboev hamda Paxtakor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida Prezidentimizning 465-sonli qarori yuzasidan seminar o‘tkazildi.
🔰 Seminar davomida fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlariga mazkur qarorning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar hamda qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni himoya qilish, zararkunandalarga qarshi kurashish, hosildorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.






