Zakovat bellashuvi tashkil etildi.
2026-03-05 16:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanidagi Bog‘ishamol MFYda joylashgan pedagogika texnikumi talabalari bilan psixotrop moddalar iste’molining zararli oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga zakovat bellashuvi ham tashkil etildi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosari Fazliddin Qo‘ldoshev hamda mahalla yoshlar yetakchisi Akbar Omonov ishtirok etib, talabalarga psixotrop moddalarni iste’mol qilishning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Tadbir yoshlarni zararli odatlardan asrash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratildi.




