Mahallada qarorlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
2026-03-05 22:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani hokimi X. Abduvoxidov, tuman prokurori X. Gʻaziyev hamda tuman IIB boshligʻi Y. Akaboyev tomonidan mahallada qarorlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Xususan, taroveh namozlari o‘qilayotgan masjidlar hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar uchun qulay va osoyishta muhit yaratish, transport harakati va tartib-intizomni nazorat qilish bo‘yicha mas’ullarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktika inspektorlari va mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish, tungi nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.








