“Balli qizlar!” – bayramona tanlov
2026-03-04 09:30:00 / Yangiliklar

9-sonli maktabda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida rus tili fani o‘qituvchisi Malikova Barno Safarovna tashabbusi bilan “Balli qizlar!” nomli tanlov dasturi o‘tkazildi.
Tanlov davomida ishtirokchi qizlar intellektual savol-javoblar, ijodiy chiqishlar hamda badiiy viktorinalarda o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyish etdilar.
✨ Tadbir barchaga bahorgi kayfiyat ulashdi.
🏆 Har bir ishtirokchi o‘z nominatsiyasi bo‘yicha munosib taqdirlandi.
Bayramona ruh, quvonch va iste’dodlar namoyishi – haqiqiy “Balli qizlar!” bo‘ldi!








