Jizzax viloyati IIB boshligʻi Paxtakor tumanida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
2026-03-03 15:00:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati IIB boshligʻi Paxtakor tumanida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bunda asosiy eʼtibor mahalla, jamoatchilik va davlat idoralari oʻrtasidagi hamjihatlik hamda hamkorlik samaradorligiga qaratildi.
Toshkent mahallasida oʻtkazilgan oʻrganish jarayonida jinoyatchilikka qarshi kurashishda uning oqibatlarini bartaraf etish emas, balki kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etish ustuvor vazifa ekani taʼkidlandi. Shu nuqtai nazardan mahalla “ettiligi” faoliyati, profilaktika inspektorining xizmat sharoiti hamda aholi bilan muloqot samaradorligi atroflicha tahlil qilinib, masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, mahalla profilaktika inspektorining xizmat uyida yaratilgan sharoitlar ham koʻzdan kechirildi.