Yoshlar bilan muloqot – kelajakka sarmoya
2026-02-27 15:30:00 / Yangiliklar




















Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda barcha darajadagi rahbarlar yoshlarni chet tillari va kasb-hunarga o‘rgatish, sportga keng jalb etish, innovatsion g‘oyalar, loyihalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ishli va barqaror daromadli qilish bo‘yicha yanada faol ishlashi zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, birorta yigit-qizni e’tiborsiz qoldirmaslik ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Mazkur muloqot ruhida Paxtakor tumani hokimi o‘rinbosari O. Otajonova boshchiligida loyihalari mavjud tashabbuskor yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda quyidagi tashkilot va muassasa vakillari ishtirok etdilar:
— O‘z Milliy bank bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Boqiyev;
— IT Progress kompaniyasi rahbari A. Abdug‘aniyev;
— Edu Pro Ta’lim muassasasining “Start Up Study” loyihasi asoschisi I. Imomaliyev;
— Innovasion rivojlanish agentligining Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi boshlig‘i S. Isomiddinov;
— Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Jizzax viloyati hududiy filiali rahbari J. Turayev.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan startap va biznes g‘oyalar muhokama qilinib, ularni moliyalashtirish, mentorlik asosida qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga joriy etish mexanizmlari yuzasidan aniq takliflar berildi.
Mazkur muloqot yoshlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va hududda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. 🚀📈
