Zukko kitobxon!
2026-02-28 09:30:00 / Yangiliklar

🏢 Paxtakor tumani 19-sonli umumta'lim maktabida maktab kutubxona mudirasi hamda ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari tashabbusi bilan 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🧑🏫 Tanlovda maktabning 60 nafar o‘quvchisi o‘z bilim va tafakkur salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
✅ Tadbir qiziqarli savol-javoblar, murosasiz bahs-munozaralar hamda bilimlar bellashuvi ruhida o‘tdi.
🏆 Eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan 15 nafar o‘quvchi tanlovning 2-bosqichiga yo‘l oldi.
🔔 Zero, “Kitob – xazina, bilim – boylik”.
Bunday tanlovlar yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. 📖🌟





