Do'stlik mahallasida Ramazon oyi munosabati bilan mahalla vakillari tomonidan iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
2026-02-25 19:30:00 / Yangiliklar

⚡⚡⚡⚡⚡⚡⚡
Paxtakor tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi ehtiyojmand oilalardan biri — Husaynov Doston xonadonida muborak Ramazon oyi munosabati bilan mahalla vakillari tomonidan iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
Ezgu va savobli tashabbus doirasida mahalla faollari hamda homiylar ishtirokida xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilib, iftorlik uchun dasturxon yozildi. Tadbir davomida nuroniylar va mahalla faollari tomonidan Ramazon oyining fazilatlari, mehr-oqibat va saxovatning ahamiyati haqida samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Iftorlik dasturxoni atrofida jam bo‘lganlar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va oilalarning baxt-saodati uchun duolar qildilar. Bunday xayriya tadbirlari ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘nglini ko‘tarish hamda jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bu kabi xayrli ishlar Ramazon oyi davomida tuman bo‘ylab barcha mahallalarda izchil amalga oshirilmoqda. Bunday savobli tadbirlar insonparvarlik va bag‘rikenglik an’analarining yorqin ifodasidir.





