PAXTAKORDA MUROJAATLAR IJROSI: "MINGCHINOR" MAHALLASI YANGI TAYANCHLAR BILAN TA'MINLANMOQDA
2026-02-26 09:00:00 / Yangiliklar

✅Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Mingchinor” MFY aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi elektr infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, iste'molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, tarmoqlardagi xavfsizlikni ta'minlash maqsadida, mahalla bo‘ylab yangi temir-beton tayanchlarni (apora) o‘rnatish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.




