Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-02-25 12:00:00 / Yangiliklar

📌 Paxtakor tumani Xalq deputatlari Kengashining 4-Chamanzor saylov okrugi deputati Xusan Abduvoxidov tomonidan “Chamanzor” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
➡️ Uchrashuvda tuman tashkilotlari rahbarlari, mahalla “yettilik” a’zolari, faollar, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi. Muloqot davomida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar — ekologiya, infratuzilma, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy soha, ichki yo‘llarni ta’mirlash va boshqa muammolar atroflicha muhokama qilindi.
🔰 Fuqarolarning murojaatlari diqqat bilan tinglanib, har bir masala yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi.
🤝 Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.









