Oliy ta’lim muassasasiga kirish – mening kelajagim
2026-02-24 15:00:00 / Yangiliklar

🎓 🏢 Paxtakor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining Jizzax viloyati bo‘limi boshlig‘i I. Xatamov ishtirokida tumandagi 19 ta umumta’lim maktabining O‘IBDO‘lari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
🗝 Uchrashuv davomida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil va tushunarli javoblar berildi. Oliy ta’lim muassasalariga kirish tartibi, test sinovlari jarayoni hamda baholash mezonlari yuzasidan muhim tavsiyalar bildirildi.
🖊 Shuningdek, yaqin kunlarda diagnostik test sinovlarini o‘tkazishga kelishib olindi.
💻 Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, ularni oliy ta’lim muassasalariga to‘g‘ri yo‘naltirish hamda OTMga kirish ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.
✨ Kelajak sari ishonchli qadam!





