PAXTAKOR TUMANI “EKOBOZOR”DA ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKASI TASHKIL ETILDI
2026-02-20 13:00:00 / Yangiliklar

📍 Paxtakor tumani hududida joylashgan “EKOBOZOR”da 🌙 Ramazon oyi munosabati bilan tuman hokimligi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Paxtakor tumani bo‘limi hamkorligida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.
🤝 Mazkur yarmarkada oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda kundalik iste’mol tovarlari keng assortimentda taqdim etilib, xaridorlarga maqbul va hamyonbop narxlarda taklif etilmoqda.
🛒 Ushbu tashabbus aholi farovonligini oshirish, narxlar barqarorligini ta’minlash hamda Ramazon oyida xonadonlar dasturxonini yanada to‘kin qilishga xizmat qilmoqda.









