Paxtakor tumanining Bog‘ishamol mahallasida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda
2026-02-20 10:35:00 / Yangiliklar

📍 Paxtakor tumanining Bog‘ishamol mahallasida “Obod mahalla” mezonlari asosida keng ko‘lamli obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, ko‘p qavatli uylar atrofida aniqlangan noqonuniy qurilmalar bartaraf etilib, buzish ishlari natijasida hosil bo‘lgan qurilish chiqindilari maxsus texnikalar yordamida olib chiqib ketilmoqda. Hududni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Jarayonlar tuman hokimi Xusan Abduvoxidov, tuman prokurori Xayrulla Gaziyev, tuman IIB boshlig‘i Yoqubjon Akaboyev hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.
Mas’ullar tomonidan xonadonma-xonadon yurilib, aholi bilan bevosita muloqot qilindi hamda noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, shaharsozlik me’yorlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda







