Paxtakor tumani markaziy ichki yo‘llari bosqichma-bosqich ta’mirlanmoqda
2026-02-20 09:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish maqsadida markaziy ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari izchil davom etmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida yo‘llarning yaroqsiz qismi qayta tekislanib, asfalt qoplamasi yangilanmoqda.
Mazkur ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, belgilangan reja asosida hududlardagi mavjud muammolar bartaraf etilmoqda.
Yo‘llarni ta’mirlash ishlari natijasida transport harakati xavfsizligi oshib, fuqarolar uchun yanada qulay infratuzilma yaratiladi.






