Paxtakor tumani hokimi Xusan Abduvoxidov deputat etib saylandi
2026-02-19 17:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani hokimligida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tumandan saylangan deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Sessiyada 4-Chamanzor saylov okrugidagi deputatlik saylovi yakunlari ko‘rib chiqildi.
Mazkur okrugdan Paxtakor tumani hokimi Xusan Abduvoxidov deputat etib saylangani ma’lum qilindi.
Shuningdek, deputatlikka saylangan tuman hokimi Xusan Abduvoxidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. O‘z nutqida u barchani muborak Ramazon oyi bilan samimiy tabrikladi.









