PAXTAKOR TUMANI HOKIMLIGIDA 2025 YILDA AMALGA OShIRILGAN IShLAR SARHISOBI
2026-02-19 09:15:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari Prezident Shavkat Mirziyoevning 2025 yil 26-dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda 2026 yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi.
O‘tgan 2025 yilda asosiy ustuvor vazifalar ijrosi to‘liq bajarildi.
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘tgan yilda 15 364 nafar aholi bandligi ta’minlangan bo‘lib, belgilangan progoz ijrosi 103 foizga bajarildi. Misol uchun, Birgina “Paxtakor teks” MChJga 384 nafar ishga joylatirildi.
2025 yil boshiga ishsizlik darajasi 5,9 foizni (1 500 nafar) tashkil etib, yil yakuni holatiga 4,4 foizga (1 350 nafar) tushirildi, yil boshiga nisbatan 1,5 foizga kamaytirildi.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 2025 yilda 5 301 nafar aholiga xizmatlar bilan qamrab olindi, belgilangan progoz ijrosi 124 foizga bajarildi. Misol uchun, 1 326 nafar doimiy ishga joylashtirildi, 239 nafar kredit va subsidiya ajratildi, 630 nafar tadbirkorlikga jalb etilib, 75 nafar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi.
2025 yil boshiga kambag‘allik darajasi 12,9 foizni (10 628 nafar) tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kun holatiga 4,1 foiz. 2025 yil boshiga nisbatan 8,8 foizga kamaytirildi.
Mahalliy byudjetning aniqlangan xarajatlari rejasi 138,2 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2025 yilda 167,3 mlrd.so‘mga bajarilib rejaga nisbatan 121 foizni tashkil etdi.
Mahalliy byudjetining daromadlar rejasi 80 mlrd.so‘mni tashkil qilib, xaqiqatda 80 mlrd.so‘mga bajarildi.
Sanoat ishlab chiqarish mahsulotlari xajmi 1 498,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 109,5 foizga yetgan.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha 95,9 mlrd.so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, belgilangan progoz ijrosi 200 foizga bajarildi.
Qurilish va kommunikatsiya sohasida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.
7,8 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga “Suvonobod”, “Chamanzor” va “Buyuk ipak yo‘li” mahallalarida aholi tomorqa ekinlarini sug‘orish uchun 7 km lotok va 6 ta nasos agregatlari yangidan o‘rnatildi;
200 mln. so‘m mablag‘ hisobiga “Paxtakor” mahallasidagi 1 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlandi;
50,0 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga elektr energiyasi ta’minotida kuzatiladigan uzilishlarni bartaraf qilish maqsadida podstansiyadagi 2 dona 25 ming kVa bo‘lgan kuch transformatorlariga almashtirildi;
1,2 mldr so‘m mablag‘ hisobiga “Paxtakor”, “Turkiston”, “A.Ikromov”, “A.Temur” va “Navro‘z” FXHUda kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi;
“Tashabbusli byudjet” dasturi bo‘yicha 2025 yilda 19,4 mldr so‘m mablag‘ hisobiga 28,4 km ichki yo‘llar asfalt qilindi, 3 ta ijtimoiy soha ob’ektlari mukammal ta’mirlash va moddiy texnika bazasini mustahkamlash ishlari amalga oshirildi;
Drayver loyixalar asosida 4,55 mldr. so‘m mablag‘ hisobiga “Toshkent” mahallasi hududida “Mo‘jiza” istirohat bog‘i zamonaviy ko‘rinishga keltirildi, “Samarkand” mahallasi hududidagi “Janubiy Mirzacho‘l” kanali 1087-piketi va YuR-24 kanalining qirg‘oqlarida aholi dam olish maskani tashkil etildi;
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 4,0 mldr. so‘m mablag‘ hisobiga 6,5 km yo‘llar asfalt qoplamasi bilan ta’mirlanib, 0,9 km yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasi to‘kib ta’mirlandi. Bundan tashqari viloyat mahalliy byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga 26 km tuproq yo‘llar shag‘allashtirildi.
Aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida “Olmazor” “Do‘stlik” va “Toshkent” mahallarida 5 ta 110 xonadonli uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Tumandagi 291 ta ko‘p qavatli uylarning fasad qismiga bazalt qoplanib, ta’mirlandi.
Tumanda 61,0 mln. dollarlik xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi, belgilangan progoz ijrosi 120 foizga bajarildi.
O‘tgan yilda 15,1 mln.dollar eksport amalga oshirildi. Sanoatda 7,4 mln. dollar va meva sabzavot eksporti 7,6 mln.dollar:
64 mlrd.so‘mlik 36 ta investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 192 nafar va ishga tushirilgan loyihalarni kengaytirish hisobiga 950 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi hamda belgilangan prognoz rejasini 147 foizga bajarildi.
2025 yilda 96 tonna pilla yetishtirilib, belgilangan prognoz rejasi 100 foizga bajarildi. 2,5 ming nafar ayollar jalb qilinib, har biri o‘rtacha 30 mln.so‘mdan daromad olishdi.
Tumanda 102,6 ming tonna g‘alla yetishtirildi, hosildorlik o‘rtacha 85,2 sentnerni tashkil qildi.
Don korxonalariga 12,3 ming tonna g‘alla topshirildi va belgilangan prognoz rejasi 105 foizga yetkazildi.
11,5 ming gektarda paxta yetishtirilib, 53,6 ming tonna hosil olinib, belgilangan prognoz rejasi 105 foizga yetkazildi.
Hosilning 90 foizi paxta terish mashinalarida terildi. O‘rtacha hosildorlik 50 sentnerga, ayrim fermerlarda 70-80 sentnerga yetkazildi. Paxta hosilidan gektariga o‘rtacha 20-25 mln. so‘m sof foyda olindi.
Yirik shoxli mollar 57,5 ming boshga, qo‘y-echkilar 54,4 boshga, parrandalar 146,8 mln boshga yetkazildi. 8,5 ming tonna go‘sht, 33,9 ming tonna sut, 9,5 mln dona tuxum, 92 tonna baliq ishlab chiqarildi.
Tuman bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishga 236,2 ming metr kub suv talab etilishi hisob-kitob qilingan. 2025 yilda 235,2 ming m3 suv qishloq xo‘jaligi ekinlariga yetkazib berildi hamda 1 ming metr kub suv tejaldi.
Suv tejashni tashkil qilish uchun, dastlab, 13,9 km xo‘jaliklararo 39,5 km ichki kanallar tozalandi. Fermer xo‘jaliklari tomonidan 20 dona nasos agregatlariga 1 200 kVt hajmdagi quyosh panellari o‘rnatildi.
2025 yilda qishloq xo‘jaligida jami 42 mlrd.so‘mlik 12 ta loyiha ishga tushirildi. Jumladan:
- Oziq-ovqat yo‘nalishida 6,4 mlrd so‘mlik 1 ta;
- Chorvachilikda 4,2 mlrd.so‘mlik 2 ta;
- Boshqa sohalarda 31,4 mlrd.so‘mlik 9 ta loyiha ishga tushdi.
Tumanda 19 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 1 ta ixtisoslashgan maktab mavjud. Ushbu maktablarda 13 781 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.
2025 yilda investitsiya dasturiga asosan 1 ta 15-son maktabni rekonstruksiya qilish uchun respublika byudjetidan 7,2 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi hamda qurilish ishlari yakunlandi.
Maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish maqsadida 9,6 mldr.so‘m mablag‘ hisobiga “G‘alaba” mahallasida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib bitkazildi.
Bugungi kunda 35 ta kompyuter sinfxonasida 474 ta kompyuterlar mavjud, elektron jurnal - emaktab.uz tizimi joriy qilingan.
O‘tgan yili 872 nafar bitiruvchidan 445 nafar oliy ta’limga qabul qilindi, qamrov 51 foizni tashkil qilib, viloyat bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.
Hozirda tumandagi 6 ta tibbiyot muassasasida 827 nafar malakali xodimlar aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Tumanda tez tibbiy yordam xizmatiga 4 dona maxsus avtomobillar xarid qilindi. Natijada, chaqiriqlarni qabul qilish 10-15 daqiqadan 1 daqiqagacha qisqardi.
Tumanda 4 ta sport inshootlarini o‘z ichiga olgan 1 ta sport muassasasi faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, maktablar va boshqa muassalarda 100 dan ortiq sport inshootlari mavjud.
2022-2025 yillar davomida 15 ta sport maydonchasi (stritbol, workaut) foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, shundan 2 tasi joriy yilda yangidan qurildi.
Bundan tashqari, sportning yakkakurash turiga ixtisoslashgan qiymati 5 mlrd.so‘m bo‘lgan Dzyu-do sport zali (18x30 o‘lchamda) barpo etildi.
2025 yilda sport turlari 20 tadan, ulardagi shug‘ullanuvchilar soni 1 ming nafardan oshdi. Hozirda 40 dan ortiq trenerlar yoshlarga mashg‘ulotlar o‘tib kelmoqda. Natijada, aholini ommaviy sportga jalb qilish 35 foizga yetdi.
Joriy yilda sportchilar tomonidan Jahon va Osiyo miqyosidagi musobaqalarda jami 21 ta (5 ta oltin, 10 ta kumush va 6 ta bronza) medallar qo‘lga kiritildi.
O‘tgan yilda yoshlar bilan ishlashga ham alohida etibor qaratildi. Mahalladagi yoshlar yetakchilari orqali 14-30 yoshdagi 17 835 ming nafar bo‘lgan “Yoshlar balansi” shakllantirildi.
Yoshlar balansi asosida ularning mavjud muammolari, qiziqishi va iqtidoridan kelib chiqib, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 166 nafar yoshlarga 640 mln.so‘mlik ijtimoiy, iqtisodiy yordamlar ko‘rsatildi. “Og‘ir” toifadagi 66 nafar ishsiz yoshlar bandligi ta’minlandi.
Tumanda 2025 yilda 40 756 nafar xotin-qizlar xatlovdan o‘tkazildi, ularning 2 615 nafari “Ayollar daftari”ga kiritildi. Jumladan:
ijtimoiy himoyaga muhtoj 1 950 nafari ishsiz ayollar ish bilan ta’minlandi;
tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 36 nafar ayollarga 688 mln.so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi;
uy-joyga muhtoj ehtiyojmand ayollarning 19 nafariga 60 mln.so‘mlik uy-joy ijara kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berildi.
Umuman olganda o‘tgan yilga belgilab olgan vazifalar to‘liq bajarildi.

