Paxtakor tumanida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
2026-02-17 09:00:00 / Yangiliklar

📍 Paxtakor tumani Nurli Pangat mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayonda bino ichki va tashqi qismi bosqichma-bosqich yangilanib, aholiga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida zarur qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, pol qismi ta'mirlanmoqda hamda muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari ko‘zdan kechirilib, zarur joylari yangilanmoqda.
Ushbu ishlar mahalla binosining zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va yig‘ilishlarni o‘tkazish uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.







