Paxtakor tumanida urug‘lik chigit tayyorlash ishlari nazoratda
2026-02-14 10:00:00 / Yangiliklar

📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi PF–109-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Xususan, “Semrug‘ klasteri” tomonidan 2026-yil hosili uchun tayyorlanayotgan urug‘lik chigitni qayta ishlash jarayoni o‘rganildi.
Jarayon O‘zagroinspeksiyaning Jizzax viloyati boshqarmasi hamda Paxtakor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan nazoratga olindi.
Ma’lum qilinishicha, 2026-yil hosili uchun paxta urug‘larini qayta ishlovchi xususiy urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos, ertapishar va hosildor navlardan jami 522 tonna urug‘lik chigit tayyorlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining navdorlik guvohnomasi, nav tavsifnomasi hamda ekinboplik xulosalarini raqamli QR-kodli yorliqlar asosida joylashtirish ishlari yuzasidan ham o‘rganishlar olib borildi.
“O‘zagroinspeksiya”ning Paxtakor tumani bo‘limi bosh mutaxassisi: Sh. Mamarasulov.







