Paxtakor tumanida faoliyat va tadbirkorlik imkoniyatlari o‘rganildi
2026-02-13 17:30:00 / Yangiliklar

📍 Paxtakor tumani Bog‘ishamol mahallasi hududida joylashgan Jizzax pedagogika texnikumida olib borilayotgan faoliyat hamda qo‘shimcha tadbirkorlik imkoniyatlari o‘rganildi.
Jarayonda tuman hokimi X. Abduvoxidov, tuman prokurori X. Gaziyev hamda tuman IIB boshlig‘i Y. Akaboyev ishtirok etib, ta’lim muassasasida mavjud sharoitlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini kengaytirish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish masalalarini ko‘zdan kechirishdi.
O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.







