Paxtakor tumanida “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2026-02-13 16:30:00 / Yangiliklar

Xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan tanlovni viloyat hokimi o‘rinbosari G. Normurodova ochib berdi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbus va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashdan iborat.
Ishtirokchilar tomonidan:
🔹 aholi bandligini ta’minlash
🔹 xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash
🔹 yoshlar tarbiyasi
🔹 ekologik muammolarni hal etish
yo‘nalishlarida qator loyihalar taqdim etildi.
Loyihalar dolzarbligi va amaliy ahamiyatiga ko‘ra hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Mazkur tanlov xotin-qizlarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va hududda ijtimoiy muammolarga samarali yechimlar topishga xizmat qiladi.





