Paxtakor tumanida “Ayollar daftari” bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2026-02-11 09:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida “Ayollar daftari”ga biriktirilgan Respublika va viloyat vakillari, shuningdek, tuman miqyosidagi mas’ul xodimlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida “Ayollar daftari” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va muammolarni o‘z vaqtida hal etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2026-yilda “Ayollar daftari”ni samarali yuritish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.




