Paxtakor tumanida qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2026-02-09 17:00:00 / Yangiliklar

🌾🤝Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyevning 2026-yil 9-fevral kuni qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida Paxtakor tumanida A. Ikromov, Navro‘z, A. Temur, Bo‘ston hamda Samarqand, Baxmal fermer xo‘jaliklarida amaliy yig‘ilishlar tashkil etildi.
Yig‘ilishlarda Paxtakor tumani hokimi X. Abduvoxidov, tuman prokurori X. Gaziyev, tuman IIB boshlig‘i Y. Akaboyev, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i F. Artikov, tuman hokimi o‘rinbosari M. Kubayev, tuman Agroinspeksiya bo‘limi boshlig‘i X. Tursunboyev hamda tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
📝 Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✅ pilla shartnomalarini yakunlash 🧵
✅ mahallalarda qurtxonalar qurish 🐛
✅ 2026-yil hosili uchun yuqori hosildor paxta navlarini joylashtirish 🌱
✅ pushta oladigan agregatlarni 76-sxemaga tayyorlash 🚜
✅ boshoqli don ekinlarini sulfat ammoniy va mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, g‘allani sharbat usulida parvarishlash 🌾
✅ fermer xo‘jaliklarida go‘sht mahsulotlari uchun kamida 2 boshdan novvos boqishni yo‘lga qo‘yish 🐄
✅ paxta va g‘alla yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish 💳
✅ g‘alla o‘rim-yig‘imida ishtirok etadigan kombaynlarni belgilangan muddatlarda ta’mirdan chiqarish ⚙️
✅ yoshlarga yer ajratish 🌱
✅ 2026-yil hosili uchun 76/10 sxema asosida paxta ekish jarayonida zarur bo‘lgan qo‘shqator seyalkalarni xarid qilish
📌 Shuningdek, qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa dolzarb masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.
🤝 Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.







