Paxtakor tumanida qabristonlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
2026-02-09 10:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida mavjud qabristonlarda tozalash va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Hududlarda begona o‘tlar tozalanib, chiqindilar yig‘ishtirilmoqda, yo‘laklar tartibga keltirilmoqda hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlar muqaddas maskanlarni ozoda saqlash, aholi uchun qulay sharoit yaratish va ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirishga qaratilgan.




