Chamanzor mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
2026-02-07 14:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani hokimi X.Abduvoxidov hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Chamanzor mahallasi hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.
🌱 O‘rganish jarayonida:
✅ mahalla binosi atrofini tartibga keltirish
✅ ichki ko‘chalarda tozalash va obodonlashtirish ishlari 🧹🚧
✅ manzarali daraxt va ko‘chatlar ekish 🌳
✅ bugungi iqlim sharoitiga mos gul ko‘chatlarini o‘tqazish 🌸
ishlari amalga oshirilayotgani qayd etildi.
📌 Tashrif davomida hududni yanada ko‘rkamlashtirish, tozalikni ta’minlash va yashil muhit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🤝 Paxtakor tumanida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.









