Paxtakor tumanida ijtimoiy soha muassasalari faoliyati o‘rganildi
2026-02-06 18:30:00 / Yangiliklar

Davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash, hududlardagi mavjud muammo va takliflarni “mahallabay” o‘rganish hamda ularni ijobiy hal etish maqsadida viloyat hokimi o‘rinbosari A. Savurboyev rahbarligida sohaga tegishli tashkilot va idoralar rahbarlaridan iborat ishchi guruh Paxtakor tumanidagi ijtimoiy soha muassasalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari A. Savurboyev hamda Paxtakor tumani hokimi X. Abduvoxidov ishtirok etdi.
Ishchi guruh tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolar tuman ijtimoiy soha rahbarlari ishtirokida tanqidiy tahlil qilindi.
Shuningdek, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga ularni bartaraf etish uchun aniq muddatlar belgilandi hamda ayrim mas’ullarga belgilangan tartibda ogohlantirish berildi.








