Paxtakor tumanida g‘alla maydonlarida monitoring ishlari olib borildi
2026-02-06 16:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani Turkiston va Paxtakor fermerlar hududiy uyushmasiga qarashli Damin ota hamda Sunnatbek–Shamshodbek fermer xo‘jaliklaridagi g‘alla maydonlarida Respublika ilmiy-tadqiqot institutidan tashrif buyurgan dotsent Boboqulov Qalandar ishtirokida, Paxtakor tumani O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda g‘alladagi zang kasalligi va zararkunandalarga qarshi monitoring ishlari o‘tkazildi.
Monitoring jarayonida g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari rahbarlariga hozirgi kunda g‘allaga zarar yetkazuvchi zang kasalligining tarqalish xavfi haqida ma’lumot berilib, kasallikning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar taqdim etildi.







