Paxtakor tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
2026-02-04 08:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M.Turg‘unova tashabbusi bilan yangi tashkil etilayotgan 17- va 18-sonli DMTTlarda mavjud 45 ta bo‘sh ish o‘rni uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
👥 Tadbirda tuman hokimi X.Abduvoxidov, tuman prokurori X.Gaziyev hamda tuman IIB boshlig‘i Yo.Akaboyev ishtirok etdi.
🏫 Yarmarkada tumandagi 19 ta maktab va 16 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
✅ Natijada 2 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi, yana 2 nafari zahira ro‘yxatiga kiritildi.
💼 Yangi ish o‘rinlari — yangi imkoniyatlar!






